top of page

O'zbekistonda "Notcoin" sotish-sotib olish noqonuniymi?

Kriptopediya

10/06/24, 10:01

Foto: Crypto News

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida 899-sonli qonuni asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeks va Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritilganini xabar qilgan edik.


O‘zbekistonda 24 yoshli talaba Notcoin sotib olganligi uchun 10 sutkaga qamalganidan xabaringiz bor.


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksi 155-4-moddasida;


Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish, — kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deyilgan.


Kripto-aktivlar (xususan, Notcoin) qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash deganda belgilangan litsenziyaga ega bo‘lmagan xolda O‘zbekistonda fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgan xizmat provayderlari orqali kripto-aktivlar faoliyatini amalga oshirish tushuniladi.


Kripto-aktivlar sohasida xizmat provayderlari keng tushuncha bo‘lib, xizmat provayderlariga kripto-birja (markazlashgan (CEX) yoki markazlashmagan (DEX) ), kripto-do‘kon va kripto-depozetariy kiradi.


Ushbu yuqoridagi xizmat provayder turlari O‘zbekistonda fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda hozirda vakolatli organ Istiqbolli loyihalilar milliy agentligidan litsenziya olishi shart.


Agar, siz litsenziyaga ega bo‘lmagan xizmat provayderlaridan xususan kripto-birjalar orqali har qanday kripto-aktiv (coin, token, yoki, NFT) sotsangiz yoki sotib olsangiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksi 155-4-moddasi 1-qismi sanksiyasi bilan kripto-aktivlaringiz davlat hisobiga musodara qilinib, o‘zingiz 15-sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilinishingiz mumkin.


Chunki, siz kripto-aktivlar sohasida belgilangan litsenziyaga ega bo‘lmagan kripto-birjadan foydalanmoqdasiz.


Litsenziya sizga emas, xizmat provayderiga kerak. Siz notcoin sotish yoki sotib olish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan xizmat provayderidan foydalanishingiz shart.


Bu holatda agar xizmat provayderi litsenziya olmasdan O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatsa, 155-4-moddaning 1-qismida ko‘rsatib o‘tilgan ''belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish'' modda dispozitsiyasi asosida kripto-birja, kripto-do‘kon yoki kripto-depozetariy O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatgani uchun ta’sischilari javobgarlikka tortishi kerak bo‘ladi.


Ushbu modda sanksiyasida belgilanganidek, kripto-aktivlar musodara qilinib, shaxs 15-sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolanadi. Biroq, ma’muriy qamoqning eng kam muddati 3-sutka hisoblanadi.


Ushbu modda sanksiyasida keltirilgan alternativ sanksiyalardan biri agar huquqbuzar Notcoin yoki boshqa kripto-aktivlarni litsenziyaga ega bo‘lmagan xizmat provayderlari orqali sotsa ayirboshlasa  unga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llab bo‘lmasa jarima jazosi qo‘llanishi keltirib o‘tilgan.


Ya’ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksimizning 29-moddasiga asosan ma’muriy qamoq jazosi homilador ayolga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxsga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga qo‘llash mumkin emas.


Agar ushbu tofadagi fuqarolar ushbu moddada keltirilgan huquqbuzarlikni sodir etishsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan (6 800 000 so‘m) o‘ttiz baravarigacha (10 200 000) miqdorda jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi, yoqsa 15-sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.


Jizzaxdagi 24-yoshli talaba voyaga yetgan ekanligi, birinchi  yoki ikkinchi guruh nogironi emasligi uchun sudya 10-sutka qamoq jazosini berib adolatli qaror chiqargan.


Agar ushbu talaba 1-yil ichida ushbu huquqbuzarlikni yana takrorlasa, Jinoyat kodeksimizga yaqinda kiritilgan 278-8-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Bu holatda u 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishi mumkin.


Notcoin yoki boshqa kripto-aktivlarni litsenziyaga ega bo‘lgan xizmat provayderlari orqali ayirboshlashingiz kerak bo‘ladi. Qonuniy Notcoin savdosini amalga oshirishda hozirda litsenziyaga ega bo‘lgan Uznex birjasida Notcoin listing qilinishini kutishimiz va u orqali kripto-aktivlar savdosini amalga oshirishimiz darkor.


Shuningdek, agar O‘zbekistondagi rasmiy litsenziyaga ega kripto-do‘konlar Notcoin qabul qilishsa, ular orqali kripto-aktiv savdosini amalga oshirish qonuniy hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page