top of page

O'zbekistonda "NFT" fuqarolik huquqi obyekti hisoblanadimi?

NFT

23/04/24, 04:56

Foto: inrrub.com

NFT va mulkchilik munosabatlariga juda qiziqarli va bahsli masala hisoblanadi. Ba’zilar NFT lar obyekti sifatida oldi-sotdi shartnomasi predmeti bo‘la olishi va obyekt sifatida tan olinishi kerakligini aytishda, ba’zilar NFT lar shunchaki raqamli media (tasvir, rasm, musiqa), uning asil qiymatini baholaydigan o‘lchov mavjud emas deb hisoblaydi.


NFTning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi huquqiy maqomiga to‘xtalsak, Fuqarolik kodeksi 81-moddasiga binoan fuqarolik huquqining obyektlariga quyidagilar kiradi:


- Ashyolar;

- Mol-mulk:

- Mulkiy huquqlar;

- Qimmatli qog‘ozlar va pullar;

- Turli ish va xizmatlar;

- Intellektual faoliyat natijalari;

- Shaxsiy nomulkiy huquqlar.


Fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin. Mulk huquqi obyektlari ham fuqarolik huquqining obyektlarining bir turi hisoblanadi. Umumiy olganda fuqarolik huquqini obyektlari juda keng tushuncha.


NFT larni fuqarolik huquqi obyektlaridan intellektual faoliyat natijasida mavjud bo‘lgan obyekt deb hisoblash mumkin.


Chunki Fuqarolik kodeksi 1031-moddasida fuqarolik huquqi obyektlari tarkibiga intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarni ham obyekt bo‘la olishi keltirilgan.

NFT lar intellektual mulk obyektlaridan  fan, adabiyot va san’at asarlari; ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlarining yangicha raqamli shaklda blockchain tarmog‘ida vujudga kelgan shakli hisoblanadi.


Shuningdek, yangi qabul qilinishi kutilayotgan fuqarolik kodeksimizning 166-moddasida raqamli pul (kriptovalyuta) fuqarolik huquqlari obyekti hisoblanishini avvalgi maqolalarda aytib o‘tgandik.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page