top of page

O'zbekiston yana bir tashkilot kripto-aktivlar sohasida jinoyatlarni nazorat qilishda maxsus ishtirokchi bo'ldi

O‘zbekiston

03/07/24, 10:57

Foto: NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar qilishicha "HEEMERA" MChJ “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Agentlikning 2022-yil 30-dekabrdagi 3409-son qarorida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida («tartibga solish qumdoni» maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlangan.  


Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida ishtirokchisi "HEEMERA" MChJ qanday vazifani bajaradi? "HEEMERA" MChJ “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchisi sifatida   kripto-aktivlar sohasida jinoyatlar - o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik va yo‘qolgan kripto-aktivlarni tiklash bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi. ’’HEEMERA" MChJ nimalar ustidan nazoratni amalga oshiradi?


1. Shubhali tranzaksiyalarni kuzatib boradi

2. Kripto hamyonlarni tekshiradi

3. Pullar qayerdan qayerga o‘tganini kuzatadi

4. Turli manzillar orasidagi shubhali aloqalarni o‘rganadi

5. Kripto-aktivning oxirgi egasini aniqlashga harakat qiladi


"HEEMERA" MChJ  kabi maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati FATF (jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni nazorat qiluvchi xalqaro tashkilot) tavsiyalari  mos kelishi shart hisoblanadi.


Agar siz bu dasturga qo‘shilgan boshqa kompaniyalarni bilmoqchi bo‘lsangiz, ularning ro‘yxatini Agentlikning rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page