top of page

O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binence kripto-birjasiga jarima solish to'g'risida qaror qabul qildi.

#Binance

3 min read

04/01/24, 08:57

Foto: Blockchain Texno

O'zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binence kripto-birjasiga jarima solish to'g'risida qaror qabul qildi, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Agentlik axborotiga ko'ra Jarima bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari ya'ni 102 millionni tashkil etadi.

Agentlik saytida birja bir qator qonun hujjatlarini buzganligi keltirilgan:


-Binance O'zbekiston hududida tegishli xizmat ko'rsatuvchi provayder litsenziyasiga ega emasligi;


-O'zbekiston fuqarolariga kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgani haqida tasdiqlangan faktlar mavjudligi;


-Birjaning O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankida alohida hisobvaraqda saqlanishi zarur bo‘lgan ustav jamg‘armasi mavjud emasligi;


-Shaxsiy maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilmayotgani;


-“Binance” platformasida operatsiyalar anonim tarzda amalga oshirilishi;


-O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda elektron platforma mavjud emasligi kabi bir qator asoslar keltirilgan.


Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida


huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lamasa vakolatli organ sudga ariza berishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page