top of page
O’zbekistonda mayning faoliyatini olib borish tartibi qanday?

O’zbekistonda mayning faoliyatini olib borish tartibi qanday?

Maxsus rukn

06/05/24, 10:34

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 3357-sonli buyrug‘i mayning faoliyatini amalga oshirishda tartib-qoidalarini belgilaydi va ushbu agentlik mayning faoliyatini amalga oshirishda vakolatli davlat organi hisoblanadi.


Mayning faoliyati bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini (blockchain) yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati hisoblanadi.


O‘zbekistonda mayning Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan majburiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi. Balki ruxsatnoma olish talab qilinadi.


Lekin hozirgacha kripto-birja, kripto-do‘kon yoki kripto-depozetariylar faoliyatini amalga oshirishda bir necha yuridik shaxslar litsenziya olishgan bo‘lsa ham birorta tashkilot mayning-pul faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnomaga ega emas.


Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi va  iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi.

Tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llanilishi mumkin.


Xorijiy va milliy maynerlar bilan munosabatlarni tashkil etish mayning-pulning lokal hujjatlari hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi va ular mayningni amalga oshirishlari uchun majburiy identifikatsiyadan o‘tishadi.


Majburiy identifikatsiyada mayning qilmoqchi bo‘lgan tashkilot  mayningni amalga oshirish huquqini beruvchi vakolatli organ tomonidan taqdim etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nusxasi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), yuridik shaxsning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarni chiqarish mo‘ljallanayotgan kripto-aktivning kripto-hamyon manzili kabi ma’lumotlarini agentlikka oshkor qilishi shart.

Maqolani ulashing:

Foto: Fidelity

O'xshash yangiliklar

Genesis blok - bu har qanday blokcheyn tarmog‘idagi birinchi va eng muhim blokdir. U blokcheyn tarixining boshlanish nuqtasi hisoblanadi.

Genesis Blok: Blokcheynning boshlanish nuqtasi
Maxsus rukn

07:31

Forumda turli xil panel muhokamalari, taqdimotlar, shuningdek, networking imkoniyatlari va 200 dan ortiq stendlarga ega dunyoning eng yirik kripto ko'rgazmasi namoyish etiladi.

Dubaydagi Blockchain Life 2024-da Tether, Ledger, TON rahbarlari va notcoin asoschisi ishtirok etadi

07:02

Malayziya hukumati shu kungacha qiymati 500 ming dollarga yaqin bo‘lgan elektr jihozlari, jumladan, 349 ta Bitcoin qazib olish qurilmalarini musodara qilgan.

Malayziyada noqonuniy mayning faoliyati tufayli 755 million dollar qiymatidagi elektr energiyasi yo‘qotildi
#bitcoin

07:03

Kripto-birja - kripto-aktivlar faoliyatida xizmat provayderlaridan biri bo‘lib, kripto-aktivlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydonchadan iborat bo‘lgan tashkilot hisoblanadi.

Markazlashgan (CEX) va markazlashmagan (DEX) birjalarning farqi nimada?
#maxsus_rukn

09:12

Internet dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘lishi 1969-yilda ’’ARPANET’’ paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Internet texnologiyasining rivojlanishi uch asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi. Bular: Web 1.0, Web 2.0 va Web 3.0. Bular bir-biridan ba’zi afzalliklari va kamchiliklari bilan farq qiladi.

Internet rivojlanishi: Web 1.0 , Web 2.0 , Web 3.0

10:18

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar qilishicha "HEEMERA" MChJ “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

O'zbekiston yana bir tashkilot kripto-aktivlar sohasida jinoyatlarni nazorat qilishda maxsus ishtirokchi bo'ldi
O‘zbekiston

10:57

Bizning hamkorlar

bottom of page