O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan shug‘illanadigan firmalar qancha soliq to‘lagani e’lon qilindi
O‘zbekiston
06/02/24, 12:00
Foto: tadviser
Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligining 2023 - yildagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan Press-konferesiya bo'lib o'tdi.
2024 - yil, 6-fevral kuni bo'lib o'tgan tadbirda agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Vyacheslav Pak, direktor o'rinbosari Davron Maqsudov, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi Asqarjon Zakirov, Kapital bozorni tartibga solish boshqarmasi boshlig'i Saibjan Xudayberdiyev, Sug'urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig'i Orifjon Fayziyev ishtirok etdi
Ishtirokchilar Agentlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar haqida so'zlab berishdi: "Amalga oshirilgan tashabbuslar natijalariga ko'ra, kripto-aktivlar milliy bozori institutsional kengaytirildi. Xususan, o'tgan yilda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshirish uchun 9 ta litsenziya, shu jumladan, 1 ta kripto-birja, 2 ta kripto-depozitariyalar va 6 ta kripto-do'konlarga litsenziya berildi.
O'tgan yili kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshiruvchilar tomonidan 36,2 mlrd. so'm miqdorida davlat boji va yig'imlar kelib tushganligi aytib o'tildi.
Agentlik tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va shu kabi sohalar faoliyatini tashkil etish va shu sohalarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish, kripto-aylanmasi, kapital va sug'urta bozorlari ishtirokchilarining huqulari va qonuniy manfaatlarga rioya etilishini ta'minlash, shuningdek ushbu sohalarga investitsiyalarni jalb qilishni ta'minlash bo'yicha O'zbekiton Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish kelishib olindi.