O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha kripto-aktivlar nima?
O‘zbekiston
19/03/24, 07:14
foto:coingecko
Kripto aktivlar fuqarolik huquqining yangi obyekti sifatida tavsiflanmoqda. Ularga o‘zi obyekt maqomini berish kerakmi degan savollar tug‘ilmoqda. Bu maqola orqali ushbu savollarga javob topishga harakat qilamiz.
Yaqinda qabul qilingan 899-sonli qonun asosida O‘zbekistonda Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksga kiritilgan o‘zgarish haqida ma’lumot bergan edik.
Kripto-aktivlar tushunchasi qonunchiligimizda kiritilib, hukumat tomonidan ular umumiy tartibda tartibga solinmoqda.
Kripto-aktiv nima?
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 3397-sonli buyrug‘ida kripto-akivlarga bunday ta’rif berilgan.
Kripto-aktiv — ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi hisoblangan mulkiy huquq hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu ta’rif noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirish uchun javobgarlik belgilayotgan Jinoyat kodeksimizga ham kiritilgan.
‘’ Ma’lumotlar taqsimlangan reyesteri’’ esa blockchainni anglatadi. Chunki, blockchain o‘zining xususiyatida barcha ma’lumotlar hashlar orqali ma’lumotlarni bir blockdan boshqasiga o‘tkazib borishga xizmat qiladi. Blockchain tarmog‘isiz krito-aktivlarda transaksiyalar amalga oshmaydi. Kripto-aktivlar shu yangicha kompyuter dasturi hisoblangan blockchaindagi raqamli aktivlar hisoblanadi.
Kripto-aktiv tushunchasi kriptovalyutalardan ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Bu blockchainda mavjud bo‘lishi mumkin har qanday aktivlarga nisbat qilinadi shuningdek, garchi qonunchiligimizda alohida tartibga solinmasa ham NFTlar va blockchain tarmog‘ida mavjud bo‘lgan va kelajakda mavjud bo‘lishi kutilayotgan har qanday raqamli aktivni anglatadi. Qonunchiligimiz esa umumiy asosda tartibga solishni ma’qul ko‘ryapti.
Yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan Fuqarolik kodeksimiz 166-moddada kriptovalyutalar alohida ta’kidlanib quyidagicha ta’rif berilgan.
166-modda. Raqamli pul (kriptovalyuta)
Raqamli pul (kriptovalyuta) bu qiymati va egasi bo‘lgan, mazmuni va shartlari qonunda belgilangan tartibda aniqlanadigan majburiyat va boshqa huquqlar yig‘indisi hisoblanadi.*
Raqamli pul (kriptovalyuta) fuqarolik huquqlari obyekti hisoblanadi va qonunda boshqa tartib o‘rnatilmasa, erkin muomalada bo‘ladi.*
Qonunda boshqacha hol o‘rnatilmasa, raqamli pul (kriptovalyuta)ning erkin muomalasi, begonalashtirilishi yoki boshqa tasarruf etilishi faqat axborot tizimida amalga oshiriladi.
Kripto aktivlar fuqarolik huquqining obyekti sifatida tan olinmoqda va qonunchilik taqiqlamasa erkin muomalada bo‘lishi keltirib o‘tilgan.