top of page

O‘zbekiston o‘zining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

O‘zbekiston

14/03/24, 10:52

Foto: avengernews

BBC nashrining yozishicha, "Tether" va O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.


"Tether" O‘zbekiston moliya tizimida "tezroq, xavfsizroq va arzonroq" pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun amaldagi to‘lov tizimini qayta ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu kelishuv O‘zbekistonni mintaqadagi blokcheyn va telekommunikatsiya texnologiyalari markaziga aylantirish, hamda innovatsiya va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.


O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Stablecoin chiqaruvchi "Tether Limited" kompaniyasi O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlikka kelishib olganligi borasida avvalroq xabar bergan edik. Shuningdek, ikki taraf mamlakatdagi raqamli mulkni qonuniy tizimlashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumiga imzo chekkanlar.


Ma'lumot uchun, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP), O‘zbekiston Respublikasidagi yagona regulyator. Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page