Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning faoliyati olti oyga toʻxtatildi
O‘zbekiston
23/07/24, 06:43
Foto: playground.ru
Kursiv nashri xabar berishicha, O‘zbekistonda uchta kripto-do‘konning litsenziyalari regulyator tomonidan olti oyga to‘xtatilgan. Hozirgi kungacha O‘zbekiston rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan 10 ta kripto-do‘kon mavjud.
Cryptocorp, C-Cash va T-Firm kripto-do‘konlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kiritgan iltimoslariga binoan o‘z xohishlariga ko‘ra faoliyatlari vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ushbu krito-do‘konlar ixtiyoriy ravishda faoliyatlarini 6-oyga to‘xtatish uchun ariza bilan agentlikka murojaat qilishgan. Biroq, hozirgacha ushbu kripto-do‘konlarning nima sababdan faoliyatlarini vaqtincha to‘xtatib turishmoqchi ekanliklarining sababi aniq emas.
Bu O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan birinchi holat emas. Sababi, bu yil 12-iyun sanasida yana bir litsenziyaga ega kripto-do‘kon Paynet Crypto to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun agentlik tomonidan faoliyat yuritishiga nisbatan cheklovlarga duch kelgan edi. Biroq, 19-iyun sanasida Paynet Crypto litsenziyasi amal qilinishi muddati qayta tiklangandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining ’’Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 3380-sonli buyrug‘iga ko‘ra Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar sohasida litsenziyaga ega xizmat provayderlarining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish vakolati mavjud.
Ushbu qarorning 39-bandida kripto-aktivlar sohasida faoliyat yuritayotgan xizmat provayderlariga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilish holatlari ko‘rsatilgan.
Xizmat provayderlarga berilgan litsenziya amal qilishi 2-holatda to‘xtatib turiladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlanganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini uning zimmasiga yuklovchi qarori bajarilmaganda deyilgan.
Shuningdek eslatib o‘tamiz, bu yil mart oyida O‘zbekistonda kripto-do‘konlar agentlikka to‘lab boradigan oylik to‘lovlar ularning faoliyat yurishlarida topayotgan daromadlarining rentabelligi yuqoriga hisobiga agentlik qarori bilan oyiga BHMning 20 baravaridan 185 baravarigacha (62,9 mln so‘mgacha) oshirilgan edi.