O`zbekistonda ilk rasmiy onlayn kripto do'kon ishga tushdi.
#paynet
2 min read
18/12/23, 06:38

Foto:blockchaintexno
Paynet kompaniyasi O`zbekistonda ilk rasmiy onlayn kripto do'konni ishga tushirdi.
Foydalanuvchilar PaynetCrypto.uz saytida ro'yxatdan o'tish orqali platformada kriptoaktivni sotish va sotib olishlari mumkin.
Paynet Crypto Turkiya, Janubiy Koreya yoki BAAga tez-tez pul o'tkazadigan tadbirkorlar uchun ham, chet elda ishlaydigan va uyga pul yuboradigan oddiy O'zbekiston fuqarolari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
Avvalroq,O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi "Paynet Crypto" MChJga mamlakatda kriptodepozitariy va kriptodo'kon faoliyatini olib borish bo'yicha litsenziya bergan edi.
PaynetCrypto.uz rasmiy ravishda ishlaydi va faqat qonuniy USDTlarni taklif qiladi, foydalanuvchilar uchun ortiqcha xavf tug'dirmaydi.