Notcoin tokenining narxi rag‘batlantirish rejasi ortidan sezilarli oshdi
altkoin
26/06/24, 11:22
Foto: tadviser
Notcoin jamosi o‘z tokenlarining narxini qo‘llab-quvvatlash uchun qiymati $3 million dollarlik Notcoin tokenlarini yoqib yuborganini e’lon qilgan edi. Buning ortidan Notcoin narxi oxirgi 24-soatda 10% dan oshdi va hozirda Notcoin $0.01572 dollar narxida savdo qilinmoqda.
Tokenlarning bir qismini yoqish orqali umumiy ta’minotni pasaytirish tap-to-earnga asoslangan loyihalarda tokenlarning tanqisligini yaratadi. Natijada, investorlar nazrida tokenning jozibadorligini oshadi.
CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra Notcoin bozor kapitallashuvi $1.6 milliard dollardan oshib ketdi. Oxirgi 24-soatlik savdo hajmi esa 550 million dollarga yetdi va o‘tgan kunga nisbatan 62% ga kunlik savdo aylanmasi ko‘paydi.
Shuningdek, Notcoin Explore platformasining Gold va Platinum foydalanuvchilarini mukofotlash uchun 4,2 million dollarlik rag‘batlantirish rejasini e’lon qilinganligi ham Notcoin narxining o‘sishiga sabab bo‘ldi.