Nima uchun Pancaswap kabi birjalar — DEX deb ataladi?
#Binance
4 daqiqa
18/02/25, 12:08

Buning sababi Pancaswap birjasi Binancedan farqli o‘laroq barcha operatsiyalar blockchaindagi smart kontraktlar orqali amalga oshiriladi. Ularni hech qanday markaziy tashkilot tranzaksiyalarni nazorat qilmaydi. Foydalanuvchilar banklar ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan savdo qiladi. Tranzaksiyalar avtomatik ravishda AMM (Automated Market Maker) mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni kripto-aktiv narxini algoritm o‘zi hisob-kitob orqali chiqarib beradi. Har kim protokoldan foydalangan holda likvidlik havzalarida tranzaksiyalarni amalga oshirishi mumkin. Nima uchun Binance kabi markazlashgan birjalar DEX hisoblanmaydi? Markazlashgan birjalarda foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini birjaning hamyonlariga o‘tkazishi kerak. Binance kompaniyasi barcha mablag‘larni saqlaydi va nazorat qiladi. Kompaniya xohlagan vaqtda sizning hisobingizni muzlatishi mumkin. Barcha buyurtmalar Binance’ning markaziy serverlarida saqlanadi va savdo jarayoni kompaniya tomonidan nazorat qilinadi. Savdolar smart kontraktlar orqali emas, balki kompaniyaning dasturiy ta’minoti orqali tuziladi. Sababi barcha operatsiyalar Binance serveriga bog‘langan. Shuningdek, savdodan oldin foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart hisoblanadi. DEX birjalar sizdan shaxsingizga doir ma’lumotlar taqdim qilishni so‘ramaydi. Binance birjasida spot kripto-aktivlar savdolari shunchaki oldi-sotdi shartnomasi hisoblanadi. DEX larda esa likvidlik protokollari orqali bir tokenni ikkinchi tokenga almashtirganingizda siz smart kontraktlar orqali buni amalga oshirasiz.