NFT steyking nima va u qanday ishlaydi?
Kriptopediya
5 daqiqa
10/08/25, 14:19

Foto: AI
NFT steyking bu tokeningizni maxsus platforma yoki smart-kontraktga vaqtincha «muzlatish» jarayoni bo‘lib, buning evaziga mukofot olasiz.
Bu bankdagi omonatga o‘xshaydi: siz NFT’ni butunlay bermaysiz, lekin vaqtincha bloklaysiz, buning evaziga kriptoaktiv yoki loyiha tokenlari tarzida mukofot olasiz.
Qanday ishlaydi?
1. Platformani tanlash
Har bir loyiha steyking shartlarini o‘zi belgilaydi. Masalan, o‘yin metaverslari yoki NFT kolleksiyalari maxsus saytlar yaratadi.
2. NFT’ni muzlatish
Hamyoningizni (masalan, MetaMask) platformaga ulaysiz va NFT’ni smart-kontraktga yuborasiz.
3. Mukofotlarni olish
NFT steykingda bo‘lgan paytda siz quyidagi mukofotlarni olishingiz mumkin:
loyiha ichidagi kriptoaktiv;
DAO boshqaruv tokenlari;
yopiq kontent yoki funksiyalarga kirish huquqi.
4. NFT’ni qaytarib olish
Steyking muddati tugagach, tokeningizni qaytarib olasiz, mukofotlar esa sizda qoladi.
Misol
Axie Infinity loyihasida o‘yin NFT egalari ularni staking qilib, AXS tokenlarini olishadi. Ba’zi kolleksiyalarda, masalan, Bored Ape Yacht Club’da staking nafaqat kriptovalyuta, balki yopiq tadbirlar va airdroplarga kirish huquqini ham beradi.
Xavf va muhim jihatlar
Steyking paytida NFT narxi tushib ketishi mumkin.
Smart-kontraktlarda xatolik yoki zaiflik bo‘lishi mumkin.
NFT’ni muddatidan oldin yechib bo‘lmaydigan yoki mukofot yo‘qoladigan holatlar duch kelishi.
Xulosa
NFT steyking raqamli san’at va kolleksion tokenlarni daromad keltiruvchi aktivga aylantirish usuli. Ammo har qanday investitsiyada bo‘lgani kabi, bu yerda ham xavflarni baholash va yo‘qotishga tayyor bo‘lmagan miqdorni kiritmaslik kerak.