top of page

Nega kriptosavdoda narx “qochadi”: slippage nima va qanday ishlaydi?

Kriptopediya

5 daqiqa

09/08/25, 17:37

Foto: AI

Nega narx har doim ekrandagidek bo‘lmaydi?

Tasavvur qiling: grafikda bitkoin narxi $65 000, siz «Sotib olish» tugmasini bosasiz, lekin bitimlar tarixida 65 050$ yoziladi. 50 dollarlik farq qayerga ketdi? Bu esa slippage, ya’ni siz xohlagan narx bilan bitim amalga oshgan narx orasidagi tafovut.


Slippage nima?

Slippage buyurtma (order) siz belgilagan narxdan boshqacha narxda bajarilishi holati. U 2 xil bo'lishi mumkin:


  • Musbat — narx siz kutganingizdan ham foydaliroq bo‘lsa (kam uchraydi).


  • Manfiy — narx yomonlashsa (eng ko‘p uchraydigan holat).


Nega o'zi bunday bo‘ladi?

1. Bozorning keskin harakati

Kriptobozor 24/7 ishlaydi, agar siz bitim qilayotgan vaqtda kimdir katta hajmli order bersa, narx birdaniga o‘zgarishi mumkin.


2. Past likvidlik

Kichik birjalarda yoki savdo hajmi past juftliklarda orderlar faqat orderlar daftaridagi mavjud takliflar orqali bajariladi. Agar sizning order hajmingiz katta bo‘lsa, u eng yaxshi narxlarni “yeb qo‘yadi” va kamroq foydali narxlargacha yetadi.


3. Amalga oshirishdagi kechikish

Tugmani bosish bilan orderni bajarish orasidagi millisekundlik kechikish ham narxning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.


Slippageni kamaytirish usullari

  1. Limit buyurtmalardan foydalanish: ular faqat siz belgilagan narxda yoki undan yaxshi narxda bajariladi.


  1. Yuqori faollik davrida savdo qilish: likvidlik yuqori bo‘lganda narx farqlari kichik bo‘ladi.


  1. Past likvidlikdagi juftliklardan qochish: orderlar daftari chuqur bo‘lsa, slippage xavfi kamayadi.


Xulosa

Slippage — bu kriptobozorning ajralmas qismi, ayniqsa volatil davrlarda. Uni butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi, lekin to‘g‘ri vaqt va vositalarni tanlab, nazorat qilish mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page