Nega bozorlarda vahima? Xitoyning DeepSeek startapi barchani xavotirga solyaptimi?
#Deepseek
2 daqiqa
27/01/25, 06:58

Foto: Habr.com
DeepSeek ishlatilmayotgan videokartalardan foydalanib, sun’iy intellektni o‘rgatish bo‘yicha innovatsion usulni qo‘lladi. Natijada, bor-yo‘g‘i $10 million sarflab, ochiq kodli va kuchli model yaratdi. Narx borasida esa u OpenAI’dan ancha arzon: DeepSeek’da 1 million token uchun $2.19, OpenAI’da esa $60. Eng qizig‘i, DeepSeek smartfonlarda (iPhone 16 yoki Android) to‘liq avtonom ishlay oladi. Bu esa videokartalarning ahamiyati kamayganini ko‘rsatmoqda.
Nima uchun bu muhim?
-NVIDIA kabi kompaniyalar va sun’iy intellekt startaplariga qilingan sarmoyalar xavf ostida;
-Texnogigantlar (MAG7) sun’iy intellektga kiritilgan investitsiyalar o‘zini oqlamaydi, degan xavotirlar sabab investorlarning ishonchini yo‘qotishi mumkin.
Bu voqea sun’iy intellekt sohasining kelajagi va uning atrofidagi katta “pufak” haqida o‘ylashga majbur qilmoqda.