top of page

NAPP kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog'liq yangi qonun yuzasidan eslatma berdi

#NAPP

2 min read time

19/04/24, 05:20

Foto:NAPP.uz

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy mayning faoliyati uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari 2024-yil 20-apreldan eʼtiboran kuchga kirishini eslatib o‘tdi.


Agentlik fuqarolarni javobgarlikka tortilmaslik uchun kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda, milliy provayderlar orqali amalga oshirishga, shuningdek, mayning faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirishga chaqirdi.


Bundan tashqari, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik buzilishining barcha faktlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazishini maʼlum qildi.


Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page