MEGACAMPUS SUMMIT DUBAI 2026 — XALQARO YETAKCHILAR YIG‘ILADIGAN SAHNA
#Megacampus
2 min
28/11/25, 08:19

Megacampus PR
Megacampus Summit Dubai 2026 — dunyoning eng nufuzli intellektual tadbirlaridan biri yana Dubayda o‘tkaziladi.
2024-yilda Ginnes Rekordlar kitobidan joy olgan Megacampus 2026-yilda yangi bosqichga ko‘tariladi va global sahnani yana bir bor o‘zgartirishga tayyor.
📅 6–7 mart 2026
📍 Coca-Cola Arena, Dubai
👥 75+ mamlakatdan 13 000 ishtirokchi
Bu yil Megacampus sahnasida dunyo tafakkuriga ta’sir ko‘rsatayotgan afsonalar jamlanadi:
— James Cameron — “Avatar”, “Titanik”, “Terminator” kabi filmlar ortidagi buyuk rejissyor va innovator.
— Wim Hof — sog‘liq va insoniy chidamlilikni qayta talqin qilgan “Muz odami”.
— Robert Greene — zamonaviy strategiya va hokimiyat psixologiyasining eng nufuzli mualliflaridan biri.
— Magnus Carlsen — tarixdagi eng kuchli shaxmatchi, strategik fikrlash timsoli.
Bu — bir sahnada to‘plangan oddiy ismlar emas.
Bu — global fikrlar maydoni, kelajakni shakllantirayotganlar bilan suhbat.
Nega bu tadbir siz uchun muhim?
Megacampus — g‘oyalar tug‘iladigan, fikrlar almashadigan va strategiyalar yaratiladigan joy.
2024-yilda bu sahna Xabib Nurmagomedov, Robert Kiyosaki, Gari Vaynerchuk, Randi Tsukerberg kabi global shaxslarni birlashtirib, tarixiy rekord o‘rnatgan edi.
MEGACAMPUS WEEK — 2026-YIL 2–8 MART - Dubay ushbu hafta davomida global innovatsiyalar markaziga aylanadi:
— ta’lim dasturlari
— biznes forumlar
— san’at va madaniyat tadbirlari
— eksklyuziv uchrashuvlar
Megacampus Week dunyoning turli burchaklaridan kelgan tadbirkorlar, ijodkorlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida yangi hamkorliklar uchun jonli platforma yaratadi.
Megacampus Summit Dubai 2026 — bu shunchaki tadbir emas.
Bu — global tafakkur kesishadigan nuqta.
Bu — kelajak konsepsiyasi shakllanadigan maydon.
Bu — o‘zgarishga tayyor bo‘lganlar uchun yaratilgan imkoniyat.