top of page

Mayning nima?

Kriptopediya

2 min read

12/10/23, 13:55

istockphoto

Mayning - bu murakkab matematik muammolarni hal qiladigan kompyuterlarga asoslangan yangi bitkoinlarni yaratish jarayoni.


Mayning so‘zining tarjimalari "qazib olish yoki o‘zlashtirish". Bitkoin kontekstida esa mayning "virtual oltin" ishlab chiqarish degan ma'noni bildiradi.


Bitkoinlarni kimlar mayning qiladi?

Mayning bilan shug'ullanadigan odamlar ʼʼmaynerlarʼʼ deb ataladi. Bu so‘z bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni qazib olishga mo`ljallangan maxsus qurilmalarni ham anglatadi.


Bitkoin doirasida maynerlar to‘lov tizimining ishlashini taʼminlaydi.


Tranzaksiyalarni tasdiqlaydi va butun tarmoqning yagona va o‘zgarmas holati haqida konsensusni saqlaydi. Bitkoinlarni mukofot sifatida olishadi.


Mayning jarayoni qanday bo‘ladi?

Qazib olish jarayoni blokcheyndagi blok sarlavhasining xeshini (raqamli izini) hisoblashdan iborat.


Blok oldingi blokning sarlavhasi, tranzaksiya xeshi va tasodifiy raqamni o‘z ichiga oladi. Yangi blok tashkil etilganda, mayner maʼlum bir miqdorda bitkoin mukofot oladi.


Bir vaqtning o‘zida ko‘plab maynerlar mukofot uchun raqobatlashadi.


Qoida tariqasida, blokga kiritilgan tranzaksiyalar ketma-ket oltita blok hisoblangandan keyin tasdiqlangan hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page