top of page

Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalganlik oshirganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi

Blockcheyn

14/02/24, 12:29

Foto: tadviser

Blockcheyn sohasi rivojlanar ekan, hukumatlar tomonidan vujudga kelayotgan munosabatlarni tartibga solish uchun davlatlar bor kuchi bilan kirishmoqda.


''O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsesessual kodekslariga hamda O'zbeksiton Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi '' 899-sonli qonunida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonunchilikni buzish, shuningdek, mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilandi.


Kerakli atamalar


Kripto-aktiv - ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega bo'lgan mulkiy huquq.

Mayning- hisoblash operatsiyalarini amalga oshirish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini saqlash, bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyati.

                                

Noqonuniy mayning faoliyati


2024-yil 19-yanvarda qabul qilingan 899-sonli qonunda mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanib; —

mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Demak, mayning faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tmagan holda olib borish, besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olish, yoki 6.800.000 so'mdan 10.200.000 so'mgacha jarima solinishiga sabab bo'ladi.


Mayning faoliyatini amalga oshirishga doir prezidentning 3832-son qarori, Istiqbolli loyihalar milliy agentligin ing 3461-son buyrug'i kabi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.


Agar ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanganidan so'ng yana takrorlansa, Jinoyat kodeksi 278-9-moddasiga asosan kvalifikatsiya qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Mayning faolioyati bilan shug'illanmoqchi bo'lgan shaxslar davlat ro'yxatidan o'tishlari, yuridik shaxs sifatida faoliyatlarini  olib borishlari zarur.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page