Mart oyida ushbu altkoinlarda katta miqdorda staking ochilishi yuz beradi
altkoin
01/03/24, 09:57

Foto:Coingape
TokenUnlocks ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusi haftalarda jami 2,9 milliard dollardan ortiq kriptovalyutalarning stakingi ochiladi.
Buning 1,1 milliard (2,2 milliard dona token) dollarlik qismini Arbitrum (ARB) tokeni tashkil qiladi. Bu miqdor muomaladagi tokenning 87,20 foiziga to‘g‘ri keladi.
3-mart kuni SUI’da 58 million dollarlik (34 million dona token) staking ochiladi.
13-mart kuni APT’da 290 million dollarlik (24 million dona token) staking ochiladi.
16-mart kuni ARB’da 1,1 milliard dollarlik (2,2 milliard dona token) staking ochiladi.
17-mart kuni APE’da 30 million dollarlik (15 million dona token) staking ochiladi.
18-mart kuni MANTA’da 18 million dollarlik (7 million dona token) staking ochiladi.
19-mart kuni PIXEL’da 26,8 million dollarlik (54 million dona token) staking ochiladi.
22-mart kuni IMX’da 109,7 million dollarlik (34 million dona token) staking ochiladi.