top of page

Marjinal savdo yoki fyucherslar: qay birini tanlash kerak?

Kriptopediya

5 daqiqa

04/10/25, 16:26

Foto: AI

Kirish


Ko‘proq foyda olish uchun depozitingizdan ko‘proq summada kriptoga savdo qilmoqchimisiz? Unda “marjinal savdo” va “fyuchers” atamalariga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Lekin ular nimasi bilan farqlanadi? Va qaysi birida xavf kamroq?


Marjinal savdo nima?


Marjinal savdo deb, birjadan qarz olib, o‘z pozitsiyasini kattalashtirish usuliga aytiladi. Masalan, sizda $100 bor, lekin siz $500 ga bitkoin sotib olmoqchisiz. Qolgan $400 ni birja qarzga beradi.


Qanday ishlaydi:


  • Siz marja sifatida pul qo‘yib, pozitsiya ochasiz.


  • Birja qolgan summani qarzga beradi.


  • Foyda yoki zarar butun pozitsiya qiymatidan hisoblanadi.


Misol:

Bitkoinni $25 000 kursida $500 ga sotib oldingiz, lekin o‘zingiz faqat $100 qo‘ydingiz. Agar narx 10% oshsa - $50 foyda, ya’ni 50%. Ammo 10% tushsa - $50 zarar, ya’ni depozitning yarmi yo‘qoladi.


Fyucherslar nima?


Fyuchers deb, kelajakda aktivni belgilangan narxda sotib olish yoki sotish bo‘yicha shartnomaga aytiladi. Kriptoda asosan muddatsiz fyucherslar ishlatiladi, ularni yopish uchun aniq sana yo‘q.


Qanday ishlaydi:


  • Siz aktivning o‘zini emas, balki uning narxi bo‘yicha shartnomani sotib olasiz.


  • Yelka (leverage) ishlatiladi.


  • "Long" (oshish) yoki "short" (tushish) yo‘nalishlarda savdo qilish mumkin.


Misol:

Siz Ethereum fyuchersini x10 yelka bilan “long” ochdingiz. ETH 5% oshsa - siz 50% foydada bo'lasiz. 5% tushsa - shuncha zarar. Qaysi birini tanlash kerak?


Agar siz yangi boshlovchi bo‘lsangiz, marjinal savdo sizga osonroq tuyulishi mumkin, chunki siz shunchaki ko‘proq summada kripto sotib olasiz. Lekin xavf baribir katta.


Fyucherslar esa ko‘proq imkoniyat beradi, lekin murakkabroq va xavfliroq. Ayniqsa, moliyaviy xatarlarni boshqarishni yaxshi tushunmasangiz.


Xulosa


Marjinal savdo ham, fyuchers savdo ham foydani ko‘paytirish usuli, lekin ular bir vaqtning o‘zida xavfni ham ko‘paytiradi. Shuning uchun harakatdan oldin tushunish, reja qilish va xavfni boshqarish ko'nikmalari borligi juda muhimdir. Yelka avvalambor vosita, u bilan foyda ham, zarar ham ortadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page