top of page
London fond birjasida Bitcoin va kriptovalyutalar savdosi boshlanmoqda
Kriptovalyuta
26/03/24, 07:04

Foto:blockchainlife
Dunyodagi uchinchi eng katta fond birjasi bo‘lgan London fond birjasi (LSE) Bitcoin va kriptovalyuta mahsulotlarini qachondan boshlab ro‘yxatga olishini e’lon qildi.
25-mart kuni e’lon qilingan bayonotda, London fond birjasi Bitcoin (BTC) va Ethereum (ETH) uchun birjada sotiladigan obligatsiyalar (ETN) 28-may kuni savdoga ochiladi.
Ma’lumot uchun avvalroq Buyuk Britaniyaning moliyaviy rregulyatori, FCA ruxsatiga ko‘ra, Britaniya hududidagi Bitcoin va Ethereum listinglariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashil chiroq yoqqan edi.
O‘sha vaqtda qilingan bayonotda Bitcoin va Ethereum ETN ilovalari 2024-yilning ikkinchi choragidan boshlab qabul qilina boshlashi aytilgan edi.
O'xshash yangiliklar
bottom of page