Liquidatsiya nima?
kriptovalyuta
11/03/24, 06:54
Foto: Crypto News
Kriptoaktiv ixlosmandlari liquidatsiya haqida hayotlarida bir marta bo‘lsa ham duch kelishadi. Kriptovalyutalar olamida bu atama nimani anglatadi va undan qanday saqlanish mumkin. Ushbu savolga maqolada javob olamiz.
Liquidatsiya nima?
Liquidatsiya so‘zi lotincha ’’liquidare’’ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ‘’tugatish’’, ‘’bitirish’’ degan ma’nolarni anglatadi.
Liquidatsiya treyderning hisoblarida leverege savdoni ochiq saqlash uchun etarli mablag‘ bo‘lmaganda sodir bo‘ladi. Ya’ni kredit yelkasi (levarage) olgan traderning hisobidagi mablag‘ u ochgan pozitsiyaga qarama qarshi ketgan taqdirda, hisobdagi mablag‘ bitimni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Levarage savdosi bilan treyderlar kriptovalyuta birjasidan olingan qarz mablag‘laridan foydalangan holda daromad olish potensialini oshirishlari mumkin.
Leveraj - bu o‘z savdo pozitsiyasini faqat naqd pul qoldig‘idan olish mumkin bo‘lganidan tashqari oshirish uchun qarz mablag‘laridan foydalanish hisoblanadi. Ya’ni trader o‘zidagi bor mablag‘dan ham ko‘proq qiymatdagi pul bilan birjalarda bitim olish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqori kredit yelkasi bitimni liquidatsiyaga uchrash xavfini oshiradi.
Ammo bu yerda juda muhim narsani ta’kidlash kerak. Savdo pozitsiyalaringizni oshirish uchun qarz olish har qanday potentsial daromadni oshirishi mumkin bo‘lsa-da, siz investitsiya qilingan kapitalingizni osongina yo‘qotishingiz mumkin.
Masalan, MEXS birjasi orqali Bitkoin futures derevativlararida 200 barobargacha kredit yelkasi olish mumkin. Bu sizni bir kunda ‘’Elon Musk’’ qilib qo‘yishi mumkin deb o‘ylasangiz adashasiz. Bu holatda liquidatsiyaga uchrash xavfingiz maksimal darajada bo‘ladi.
Birja treyderning boshlang‘ich marjasining qisman yoki to‘liq yo‘qolishi tufayli treyderning leverege pozitsiyasini majburan yopishini anglatadi. Bu treyder leverege pozitsiyasi uchun marja talablariga javob bera olmasa (savdoni ochiq saqlash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasa) sodir bo‘ladi.
Leverege pozitsiyasi bilan savdo qilish xavfli strategiya bo‘lib, agar bozor sizning marja pozitsiyangizga nisbatan yetarlicha katta harakat qilsa, butun garovingizni (boshlang‘ich marja) yo‘qotishingiz mumkin.
Siz ushbu formuladan foydalanib, bozorni tugatish uchun sizning pozitsiyangizga nisbatan harakat qilish kerak bo‘lgan foizni hisoblashingiz mumkin:
Liquidatsiya = 100 / Leverage
Misol uchun, agar siz 5x kredit kelyasidan foydalansangiz, aktivning narxi sizning pozitsiyangizga nisbatan 20% ga qarshi ketsa, sizning pozitsiyangiz tugatiladi. Chunki olingan 5x kredit narx sizning pozitsiyaning-da aktivning narxi bitimga qarshi 20% o‘zgarishi (100/5 = 20) uni tugatilishiga (liquidatsiyaga uchrashiga) olib keladi.
Liquidatsiyaga qanday qilib uchramaslik mumkin
Liquidatsiya xavfini kamaytiradigan bir necha usullari mavjud. Bular;
- Doimiy derevativ savdolarida ‘’stop loss’’ bilan ishlash
- agar yangi boshlovchilar uchun 10x dan ortiq kredit yelkasi olmaslik
- Derevativ bitimlaringiz uchun doim ‘’isolated’’ marjadan foydalanish (bu faqatgina ushbu bitim uchun kiritgan pulni xavfga qo‘yadi)
Markazlashgan birjalardagi liquidatsiyalarni coinglass sayti orqali online kuzatib borishingiz mumkin. Ushbu sayt doimiy kriptovalyutalarda ‘’long‘’ va ‘’short’’ pozitsiyalar bo‘yicha liquidatsiya bo‘lib, tugatilgan bitimlar haqida ma’lumot berib boradi.