top of page

Kvant kompyuterlar Bitcoin tarmog‘ini buzib kira oladimi?

#quantum

4 daqiqa

16/12/24, 09:29

Google kompaniyasining kvant kompyuteri haqidagi yangiligi kripto bozoriga salbiy ta’sir qilgan edi. Ko‘pchilik kvant kompyuterlar Bitcoin tarmog‘ini buzishi mumkin bo‘lgan xavf deb hisoblaydi.


Hozirgi kvant kompyuterlari juda zaif va Bitcoin tarmog‘i esa kuchli kriptografiya (SHA-256) bilan himoyalangan. Bitcoin tarmog‘ini buzib kirish uchun kvant kompyuterga taxminan 1,9 milliard kubit hisoblash quvvati kerak bo‘ladi.


Hozirda mavjud eng kuchli kvant kompyuter IBM kompaniyasida mavjud bo‘lib, unda atigi 127 kubit hisoblash quvvati mavjud.


Kubit (Qubit) - bu kvant kompyuterlarning asosiy o‘lchov birligi.


Oddiy kompyuterlarda binary bit (0 yoki 1) ishlatilsa, kvant kompyuterlarda kubit ishlatiladi. Oddiy kompyuterdagi 1 bit faqat 0 yoki 1 qiymatini olishi mumkin. Kubit esa 0 va 1 holatlarida bir vaqtning o‘zida bo‘la oladi.


127 kubit - bu IBM’ning eng kuchli kvant kompyuteri quvvati. Ya’ni u bir vaqtning o‘zida 127 ta kvant bitni qayta ishlay oladi. Qanchalik ko‘p kubit bo‘lsa, kvant kompyuter shunchalik murakkab hisoblarni bir vaqtda bajara oladi.


Google 2030-yilgacha 1 million kubitga ega superkompyuter yaratishga umid bildirmoqda. Shunday bo'lsa ham biz hali bunga yaqin borganimiz yo‘q. Kvant kompyuterlarga Bitcoin tarmog‘ini buzib kirish uchun 10-20 yil kerak bo‘ladi.


Lekin bundan himoyalanish uchun bizda allaqachon yechimlar mavjud. Bu yechim AES-256 shifrlash mexanizmi bilan tarmoqni qo‘shimcha himoyalash hisoblanadi.


AES-256 shifrlash algoritmi nisbatan murakkab kvant kompyuterlarga chidamli shifrlash mexanizmi hisoblanadi. Bitcoin blockchaini hozirda tarmoqni himoyalash uchun SHA-256 shifrlash algoritmidan foydalanadi. AES-256 shifrlash algoritmi nisbatan murakkab kvant kompyuterlarga chidamli bo‘lgan ikki tomonlama shifrlash va deshifrlash funksiyasida ishlaydi.


Lekin hozirgi vaqtda uni qo‘llashning ma’nosi yo‘q. Kvant kompyuterlar Bitcoin blockchainini buzishidan ko‘ra, sizning bank hisobingizni, elektron pochtangizni yoki hukumat tizimlarini buzib kirishidan ko‘proq tashvishlanishingiz kerak.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page