top of page

Kriptovalyutada firibgarlik qilganlar endi umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi

Janubiy Koreya, kriptovalyuta

07/02/24, 10:07

Foto: Reuters

Janubiy Koreya hukumati “Virtual aktivlardan foydalanuvchilarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi versiyasini e’lon qildi, unda kriptovalyuta investorlarini kripto bozoridagi jinoyatlardan himoya qilishga qaratilgan qoidalar mavjud.


Qonun, Janubiy Koreyaning asosiy moliyaviy regulyatori bo‘lgan Moliyaviy xizmatlar komissiyasi (FSC) tomonidan ishlab chiqarilgan.


Janubiy Koreyaning yangi kriptovalyuta qonuni, kriptovalyutalar bozorini manipulyatsiya qilish va noqonuniy savdo bilan bog‘liq "oshkor qilinmagan muhim ma’lumotlar" dan foydalanishni to‘liq taqiqlaydi.


Qonun hujjatlarida huquqbuzarliklar uchun katta miqdorda jinoiy javobgarlik va jarimalar nazarda tutilgan; Bunga bir yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki noqonuniy daromadning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solish kiradi.


FSC ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy kriptovalyuta savdosi sxemalaridan 5 milliard vondan (3,8 million dollar) ko‘proq daromad olgan jinoyatchilar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.


Bayonotga ko‘ra, “Virtual aktivlardan foydalanuvchilarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 2024-yil 19-iyulda kuchga kirishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page