Kriptovalyuta olamining ko‘zga ko‘ringan kompaniyasi bankrotlik yoqasida
Kriptovalyuta
08/02/24, 11:14
Foto:Pixabay
2019-yilda tashkil etilgan va Intercontinental Exchange (ICE) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kriptovalyuta kompaniyasi Bakkt keyingi 12 oy davomida o‘z faoliyatini davom ettirish uchun yetarli naqd pulga ega bo‘lmasligi mumkinligi borasida ogohlantirish e’lon qildi.
Bakkt, 7-fevral kuni AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga yuborgan choraklik hisobotining bir qismiga tuzatish kiritib, kompaniya "uzluksiz faoliyatni davom ettira olmasligi" haqida ogohlantirgan.
Ma’lumot uchun, Bakkt - raqamli aktivlar platformasi va to‘lov ilovasi sohasida faoliyat yuritadi. Xizmat kompaniyalarga kriptoaktivlarni sotib olish, sotish, saqlash va sarflash imkonini beradi. Platforma raqamli aktivlar tranzaktsiyalari va xizmatlarini faollashtirish uchun Starbucks va Amazon Web Services kabi bir nechta strategik hamkorlarga ega. Kompaniya 2018-yilda Nyu-York fond birjasi sohibi Intercontinental Exchange tomonidan tashkil etilgan.