top of page

Kriptoda risk va foyda nisbati: qanday qilib hammasini yo‘qotmaslik va yutish mumkin

Kriptopediya

5 daqiqa

22/09/25, 17:33

Foto: AI

“Kriptoda haftada X10 qildim” degan gaplarni ko‘p eshitgansiz. Ammo ko‘pchilik aslida yutqazadi, chunki ular hisob-kitobsiz risk qiladi. Yutib qolganlarning siri oddiy: ular har doim foyda yo‘qotishga arziydimi, deb o‘ylaydi.


Risk va foyda nisbati nima


Tasavvur qiling, tarozi: bir tomonda risk, ikkinchisida foyda. Qaysi tomoni og‘irroq bo'lsa, natija shu tomonga bog‘liq bo'ladi.


  • $100 risk qilib $300 olish — 1:3, yaxshi nisbat.


  • $200 risk qilib $100 olish — 2:1, mutlaqo foydasiz.


Nega muhim


  1. Sovuq bosh. Hisob-kitob qilgan treyder hissiyotlarga berilmaydi.


  1. Pulni asrash. Yarmidan ko‘p savdo zarar bo‘lsa ham, to‘g‘ri nisbat sizni foydada qoldiradi.


  1. Uzoq masofa o‘yini. Bir-ikki marta omad yoki tasodif bo‘lishi mumkin. Barqaror daromad esa faqat reja bilan keladi.


Oddiy misol


Sizda $1000 bor. Har bir savdoda ko‘pi bilan $50 risk qilasiz. Agar nisbat 1:3 bo‘lsa, demak foyda $150 bo‘lishi mumkin. 10 ta savdoning 4 tasi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa ham, oxirida siz foydadasiz.


Xulosa


Kriptotrey­ding — bu lotereya emas. Qoidasi aniq: foyda doim riskdan katta bo‘lishi kerak. Kim bu qoidani erta tushunsa, u nafaqat pullarini saqlaydi, balki ko‘paytiradi ham.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page