top of page

Kripto treyder 19 soat ichida 3 ming dollarni 650 ming dollarga aylantirdi

treyder

26/01/24, 06:49

Foto:Coingape

Ethereum tizimiga bog‘liq bo‘lgan SNOW tokenini sotib olgan investor tomonidan olingan foyda ko‘plab kripto investorlarini hayratda qoldirdi. Bu treyder 1,3 ETH sarflab 387 trillion SNOW olgan, bu sotib olingan tokenlar esa butun SNOW ta’minotining 44 foiziga to‘g‘ri keladi.


Lookonchain platformasining ma’lumotlariga ko‘ra, treyder 19 soatdan keyin o‘z tokenlarining beshdan birini sotib 53,4 ETH (120 ming dollar) foyda ko‘rgan.


Ushbu anonim treyder hali hamon 315 trillion SNOW tokeniga ega, bu umumiy ta’minotning 35 foiziga to‘g‘ri keladi. Agar shaxs hozirda mavjud bo‘lgan barcha tokenlarni sotsa, u qo‘shimcha 535 ming dollar foyda ko‘rishi mumkin.


Ma’lumot uchun, “insider trading” deb nomlanuvchi treyder narxi anormal ravishda oshib ketadigan tokenlarni, sotuvga chiqarilgandan keyin ba’zan bir necha daqiqa, ba’zan esa soniyalar o‘tib olishadi. Bu kabi treyder ko‘p xollarda loyihaning ichki ma’lumotga ega bo‘lgan yoki loyihaning bevosita egalari deb mutaxassislar tomonidan aytib kelinadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page