Kripto-do‘kon nima?
O‘zbekiston
27/02/24, 10:36
istockphoto
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining ’’Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga ko‘ra;
’’Kripto-do‘kon’’ — kripto-aktivlarni sotib olish va sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot (yuridik shaxs);
Kripto do‘kon qanday vazifalarni bajaradi?
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalar to‘g‘risida ro‘yxat raqami 3395-sonli buyrug‘iga asosan kripto-do‘konlar quyidagilarni amalga oshiradi;
- listing va delisting;
- kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish;
- kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish operatsiyalari bo‘yicha hisobot hujjatlarini tayyorlash hamda shakllantirish;
- kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish operatsiyalari amalga oshirilmagan talabnomalar bo‘yicha hisobot hujjatlarini tayyorlash hamda shakllantirish;
- kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va oshkor qilish;
- mijozlarga kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish operatsiyalarini amalga oshirishni qulaylashtirishga qaratilgan boshqa tashkiliy-texnik ishlar.
Noqonuniy kripto-operatsiyalar faoliyati
Kripto do‘kon faoliyatini tartibga solishda vakolatli organ Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hisoblanadi. Kripto-do‘konlar esa kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish bo‘yicha operatsiyalar ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi. Agarda kripto do‘kon xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarning kripto operatsiyalarida jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, kripto-do‘kon darhol vakolatli organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma ravishda xabar berishga majbur hisoblanadi.
O‘zbekistonda kripto do‘kon faoliyatida vakolatli organ Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan “Crypto Trade NET” MChJ va “Crypto Market” MChJ, ‘’Crypto Coin’’ MCHJ kabi kripto do‘konlar faoliyat yuritmoqda.