top of page

Kripto-aktivlarni tartibga solishga doiryangi qonun loyihasi AQSH Kongressi tomonidan ma’qullandi

AQSH

24/05/24, 09:21

Foto: Reuters

Kripto-aktivlarni tartibga solishda muhim qadam bo‘lishi kutilayotgan  21-asr  moliyaviy innovatsiyalar va texnologiyalar to‘g‘risidagi (FIT21  nomi bilan tanilgan) qonun loyihasi AQSH Kongressida ko‘rib chiqildi.


AQSH qonun chiqaruvchi hokimiyatning ikki partiyaviy ovoz berish natijasida 279 nafar senatorlar va Vakillar palatasi a’zolari ushbu qonunni ma’qullashdi.  Biroq, 136 nafari senator va vakillar palatasi a’zolari yangi qabul qilingan qonunga qarshilik bildirishdi.


Ushbu qonun loyihasi raqamli aktivlar uchun aniq me’yoriy-huquqiy bazani yaratishga qaratilgan.


Shuningdek, Qonun Tovar fyuchers savdo komissiyasi (CFTC) va  Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) raqamli aktivlarni tartibga solishda vakolatli organlar ekanligini ta’kidlab, iste’molchilar ya’ni raqamli aktivlar bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning huquqlarini ham himoya qilishga mo‘ljallangan.


Aksar Senator va Vakillar palatasi a’zolar tomonidan qonun loyihasi ijobiy qarshi olinsa ham, Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC)  FIT21 qonun loyihasini tanqid qilib, u tartibga solishda bo‘shliqlarni keltirib chiqarishi qo‘shimcha qildi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page