Kripto aktivlarda mulkiy huquqlar nima?
O‘zbekiston
26/03/24, 05:44
Foto: playground.ru
Kripto-aktivlar mulkiy huquqlar yig‘indisimi?
Kripto-aktivlarga O‘zbekiston qonunchiligida quyidagicha ta’rif berilgan;
Kripto-aktiv — ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan qiymati va egasiga ega mulkiy huquq.
Kripto-aktivlar bu qimmatli qog‘ozlar kabi alohida xususiyatlarga ega mulkiy huquq hisoblanadi. Ular bir shaxsdan bosha shaxsga o‘tganda ma’lum br huquqlar savdosini amalga oshiradi. Mulkiy huquq tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsa, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan Fuqarolik kodeksiga ko‘ra;
169-modda. Mulkiy huquqlar
Boshqa shaxslarga berilishi mumkin bo‘lgan yoki egasiga foyda keltirishga mo‘ljallangan yoxud egasiga boshqa shaxsdan biror narsani talab qilish huquqini beradigan talablar va huquqlar mulkiy huquq hisoblanadi.
Ya’ni mulkiy huquqlar har doim foyda olishga mo‘ljallanadi. Mulkiy huquqlar shaxslarga boshqa shaxsdan biror narsa talab qilish vakolatini beradi.
Har qaday investitsiya vositalari foyda olishga mo‘ljallanadi. Qimmatli qog‘ozlar aksiyalar yoki obligatsiyalarni oladigan bo‘lsak ularning egasi ma’lum huquqlar masalan dividend olish, direktorlar kengashida ovoz berish, kompaniyani bir qismiga egalik qilish kabi vakolatlarga ega bo‘ladi.
Bular mulkiy huquqlar hisoblanadi qimmatli qog‘oz egasi shu vakolatlarni qo‘lga kiritadi va ularni boshqa shaxslarga begonalashtirganda (hadya qilganda, oldi-sotdi qilganda) ushbu vakolatlarni ham unga o‘tkazadi.
Kriptovalyutalarni oladigan bo‘lsak ular daromad olishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Yuqori likvidlikka ega xavfli investitsiya vositasi bo‘lgan kriptovalyutlar orqali blockchain tarmog‘ida tranzaksiyalar amalga oshiriladi.
Bitcoin 21 milliondan ortiq chiqarilmaydi deyilgan gapni ko‘p eshitgan bo‘lsangiz kerak. Har bir kriptovalyutlar alohida o‘ziga xos hashlar yordamida tranzaksiyalar tasdiqlanadi. Agar tarmoqda soxta bitcoinni kiritmoqchi bo‘lsangiz tarmoq ushbu tranzaksiyani tasdiqlamaydi. Chunki, har bir tranzaksiya tarmog‘ida belgilangan tarix hamma uchun ochiq bo‘ladi. Har bir blokga yozilgan ma’lumot yangi vujudga kelayotgan blokda ham qayd etiladi. Bu xuddi zanjir kabi ishlaydi.
Bitta blokdagi ma’lumotni o‘zgarishi butun blokchaindagi ma’lumotlar ostin-ustun bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham blockchain xavfsiz hisoblanadi.
NFTlarni oladigan bo‘lsak, siz NFT sotib olsangiz unga egasi ekanligingizni tasdiqlovchi kodlarni ham qo‘lga kiritasiz. Ushbu kod sizga unga egaligingizni tasdiqlaydi va ma’lum bir boshqa vakolatlarni amalga oshirishingizni ham tasdiqlaydi. Bu mulkiy huquq hisoblanadi.