top of page

Kripto-aktivlar sohasidan, 2022-2024 yillar davomida Davlat byudjetiga qariyib 44 mlrd. so‘m mablag‘ kelib tushgan

#matbuot anjumani

3 min read

24/05/24, 12:52

2024 yilning birinchi choragi yakuniga, Agentlik tomonidan bozorning yana bir ishtirokchisi – uchinchi kripto-depozitariy faoliyati uchun tegishli litsenziya berildi.

Bugungi kunga kelib, Agentlik tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun jami 15 ta litsenziya berilgan, ulardan:

– kripto-birja uchun 2 ta litsenziya;

– kripto-depozitariy uchun 3 ta litsenziya;

– kripto-do‘kon uchun 10 ta litsenziya. Bugungi kunda, “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida, 2 ta tashkilot o‘z loyihalari bilan mazkur rejim ishtirokchisi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, ular qatorida:


 “Yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ 2-ta loyihani amalga oshiryapti.


1-loyiha doirasida tashkilot “.UZ” milliy domen zonasidagi nomlar uchun maxsus sertifikatlarni maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn) texnologiyasini ishlatgan holda, o‘zaro-o‘zgarmas (NFT) tokenlar ko‘rinishida taqdim etishga qaratilgan;


2-loyiha doirasida, mazkur jamiyat tomonidan “Token.uz” nomli maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.


“Octobank” tomonidan, “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bilan birgalikda, “Crypto Card–UzNex” virtual bank kartasi mahsulotini ishlab chiqilishi va keyinchalik uni tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page