top of page

Kripto-aktivlar orqali pul yuvish amaliyoti qanday amalga oshiriladi va O‘zbekiston qonunchiligida qanday jazolar bor?

Kriptopediya

02/05/24, 10:51

Foto: altcoinbuzz

Pul yuvish  bu jinoyatchilarning noqonuniy faoliyat natijasida topgan mablag‘larining manbalarini yashirishga urinishda foydalanadigan jarayon hisoblanadi.


Kripto-aktivlar orqali qilingan o‘zaro tranzaksiyalarda davlat nazorati bo‘lmagani hisobida, ular orqali jinoyat natijasida topilgan daromadlarni legallashtirish ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiladi.


Jinoyat orqali topilgan pul bir necha tranzaksiyalar orqali o‘tadi ma’lum bir aktivga yoki biznesga investitsiya qilinadi natijasida ushbu mablag‘ manbasi taqiqlanmagan faoliyat orqali topilgandek ko‘rinadi.


Misol uchun, o‘g‘rilik yoki firibgarlik orqali jinoiy daromadga egalik qiluvchi shaxs boshqa davlatga bu pullarni olib chiqib ketmoqchi. Bojxona orqali 100 million so‘mdan ortiq summani olib chiqishda qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.


Bunday holatda kriptovalyutalar orqali markazlashmagan birjalarda pul o‘tkazsa hech qanday chegara mavjud bo‘lmaydi. Undan so‘ng bu kriptovalyutani yana fiat valyutaga aylantirib, aksiyalarga, ko‘chmas mulkka yoki biznesga pul tikadi. Qarabsizki, pul halol yo‘l orqali investitsiya qilingandek ko‘rinadi.


Bir mamlakatdagi jinoyatchi noqonuniy pul mablag‘larini boshqa davlatga osongina o‘tkazishi mumkinligi,  jinoiy javobgarlikka tortishni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.


DEX (decentralized exchange) birjalarida kripto tranzaksiyalarni amalga oshirish orqali pul yuvish markazlashgan birjalarda  pul yuvish amaliyotini o‘tkazishdan yaxshiroq. Chunki, markazlashgan birjalarda tranzaksiyalar KYC amalga oshirilgani hisobiga davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlar talabi bilan shaxsga dori ma’lumotlari berilishi mumkin.

Yuqoridagi rasmda turli yillarda kriptovalyutalar orqali pul yuvish miqdorini ko‘rishingiz mumkin


O‘zbekiston Respublikasida jinoiy daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 243-moddaga asosan;


Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;


Jinoiy daromadlarni legallashtirilishga qarshi turishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ham asosiy nazorat qilish organi hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page