top of page

Kripto-aktivlar bozorida "Likvidlik ovi" nima?

#maxsus_rukn

5 daqiqa

18/11/24, 08:30

Foto: cbonds.com

Likvidlik ovi - bu market-makerlar tomonidan kichik treyderning stop-losslarini urishga qilingan harakatdir. Treyderlar kuniga minglab o'z pozitsiyalarini stop-losslar bilan ochishadi. Bu stop-losslar yirik kitlar uchun "o'lja" vazifasini o'taydi.


Aktiv narxi ushbu stop-losslarga tegganidan so'ng, o'z narx harakatini o'zgartiradi. Bozor ataylab, mayda ishtirokchilarning stop-losslarini urish uchun harakat qiladi va market-maker kutgan tomonga ketadi.

Bu qanday ishlaydi?


Ko'pchilik treyderlar muhim texnik darajalarga (support va resistance zonalari, orderblock) stop-loss qo'yishadi. Market-makerlar buni yaxshi bilishadi va bozorda yirik pozitsiyalari bilan narxni ataylab shu darajaga yetkazishadi. Barcha stop-losslar "ovlangandan" so'ng, narx yana teskari yo'nalishda harakat qiladi.  

Nima uchun bu sodir bo'ladi?


Market-makerlar market depth (bozor chuqurligi) ma'lumotlarini kuzatib, qaysi darajalarda ko'p stop-losslar borligini o'rganishadi. Ushbu sxema orqali narx birozdan so'ng qarama-qarshi yo'nalishga yurganda foyda olishadi.  

Qanday himoyalanish kerak?


Bozorda likvidlik ovidan to'liq himoyalanish mushkul, lekin xavfni kamaytirish uchun bir necha usullar mavjud:

● Stop-losslarni noodatiy darajalarga qo'ying. Masalan, 1.1000 o'rniga undan biroz yuqoriroq 1.1012 darajasiga stop-loss darajasini qo'ying. Bu sizning stop-lossingizni "ommaviy ov"dan asraydi.

● Pozitsiyangizni bir nechta qismlarga bo'lib, har biriga turli darajalarda stop-loss qo'ying. Bu barcha pozitsiyangizni bir vaqtda yo'qotish xavfini kamaytiradi.  


Likvidlik ovi - bu bozorning tabiiy qismi. Uni tushunish va undan himoyalanishni bilish har bir treyder uchun muhim. Agar siz bozorda likvidlik ovini ko'ra olmas ekansiz, demak siz bozordagi doimo likvidlik ovi qurboni bo'lasiz.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page