top of page

Katta zarar ko‘rgan kripto investor tokenlarini sotmoqda

Altkoin

03/06/24, 16:41

Foto: altcoinbuzz

Lookonchain zanjirli tahlil platformasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bir kripto-aktiv investori Bluzelle (BLZ) tokeniga kiritgan sarmoyasidan 1,07 million dollar yo‘qotgan.


Ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu investor 3-iyun kuni Binance birjasiga 5 million dona BLZ sotish uchun yuborgan. Bu sotuvdan keyin unga 1,83 million dollarlik 7,3 million BLZ qoldi.


Ushbu investor taxminan 2 hafta avval Binance’dan 4,14 million dollarlik 12,3 million dona BLZni donasini 0,34 dollardan sotib olgan.


CoinGecko ma’lumotlariga ko‘ra, BLZ, ayni paytida 0,249 dollardan sotilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
© 2026 Blockchain Texno
bottom of page