top of page

Katta investorlar Binance birjasidan 5 ta altkoinni katta miqdorda sotib olishmoqda

binance

06/05/24, 05:32

Foto:Pixabay

Bitcoin va kriptoaktivlarning o‘tgan haftadagi pasayishdan keyin tiklanayotgan bir paytda, katta investorlar sarmoyalarini tokenlarga tikishni boshlab yuborishdi.


Lookonchain tarmog‘idagi ma’lumotlarga ko‘ra yirik investorlar quyidagi 5 ta altkoinni sotib olishni boshlagani ma’lum bo‘lmoqda.


Ular Pepe (PEPE), Chainlink (LINK), Uniswap (UNI), Maker (MKR) va Ethereum Name Services (ENS) tokenlarini sotib olishgan.


0x1A2E nomli hamyoni bugun Binance birjasidan 2,78 million dollarlik 322 milliard dona PEPE olib e’tiborni tortgan bo‘lsa, “aavebank.eth” nomli hamyon Binance’dan 3,75 million dollarga 500 ming dona UNI, 2,62 million dollarga 183 799 dona LINK, 500 ming dollarga MKR va 483 ming dollarga ENS sotib oldi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page