top of page

JPMorgan tahlilchilari: Bitcoin narxi halvingdan keyin tushishi mumkin

Bitcoin

20/04/24, 08:53

Foto: Reuters

Uoll-strit giganti JPMorgan (JPM) tadqiqot hisobotida aytilishicha, bitcoin halvingi 19-20 aprel sodir bo‘lganidan so‘ng, bitkoin taklifining o‘sish sur’atini sekinlashishi mumkin.


Bitcoin halvingdan keyin dunyodagi eng yirik kriptovalyutaning salbiy tomonini ko‘radi, chunki bozor hali ham haddan tashqari sotib olingan sharoitda turibdi.


Bitcoin 2021-yilgi eng maksimal narxlarini yangilaganidan so‘ng ‘’ETF’’ lar tasdiqlanganidan so‘ng yangi bozorga kirib kelgan ishtirokchilar uchun bozor bir tekisda o‘sib borgan edi. Mana ‘’ETF’’ tasdiqlanganidan 2-oydan ortiq vaqt o‘tgandan so‘ng bozor yangi ishtirokchilarni ham savalashni boshladi.


Bitcoinda ketma-ket 7-marta oylik shag‘amcha o‘sish bilan yopildi. Bozorda juda ko‘p likvidlar yig‘ilgan bo‘lib, bozor ushbu tuzatishlarni yopishi kerak. Bozor uzoq vaqt bunday o‘sishlar bilan harakatlana olmaydi.


Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Bitcoin halvingdan so‘ng birdaniga o‘sishga erishmagan, hatto biroz tushishni ham boshdan kechirgan. Minerlar yangi qazib olinadigan bloklar uchun mukofot kamayganligini o‘zlarida rosmana his qilishlari uchun ham vaqt kerak bo‘ladi.


Undan tashqari hozirgi vaziyatda bozor beqaror. Eron va Isroil o‘rtasidagi mojarolar ham bitcoin narxiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.


Shuningdek, SP500 narxi 5 250 dan 5 000 gacha tushdi. To‘g‘ri tarixan hisoblaganda, bitcoin narxi bilan S&P500 indeksida korrelyatsiya deyarli mavjud emas. Bitcoin narxiga ta’sir qiluvchi boshqa omilar mavjud. Lekin, ETF tasdiqlanganidan so‘ng bitcoin indekslar bilan avvalgidan ko‘ra ko‘proq korrelyatsiya ko‘rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page