top of page

JPMorgan’dan Bitcoin tahlili: Eng yomoni orta qoldi

JPMorgan

26/01/24, 05:34

Foto: europeanbusinessreview

Bitcoin narxi pasayayotgan bir vaqtda, diqqat-e’tibor Greyscale’ga qaratildi. Chunki ETF’lar ma’qullangandan so‘ng, Grayscale katta miqdordagi Bitcoin’larni Coinbase birjasida sotmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, sotilgan BTC’larning umumiy soni 110 mingdan oshdi. Bu joriy narxlarda 4,4 milliard dollarga to‘g‘ri keladi.


Bu esa, JPMorgan’ning 3 milliard dollarlik sotuv bo‘lishi mumkin degan taxmindan oshib ketgan. Nikolaos Panigirtzoglou boshchiligidagi JPMorgan tahlilchilari bugun e’lon qilgan yozuvida, GBTC’dan daromad olish katta darajada yakunlangani aytib o‘tilgan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, sotish bosimi sezilarli darajada ortda qoldi.


Bundan tashqari, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, eng yomoni ortda qoldi. Sababi Greyscale fondagi ulushini sotishda davom etsa raqobatchilarga bozor ulushini boy beradi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page