top of page
Jarima to‘lashdan bosh tortgan Binance’ni O‘zbekiston sudga berdi
O‘zbekiston
07/02/24, 12:00
Foto: Freepik
O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sud orqali Binance kriptobirjasidan mamlakatda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uchun jarima to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqda agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak xabar berdi.
Yanvar oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga soluvchi organ sifatida Binance’ni litsenziyasiz ishlagani uchun 102 million so‘m jarimaga tortgan edi.
“Binance, jarimani to‘lashdan bosh tortdi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqib, sudga tegishli da’vo bilan murojaat qilamiz va tegishli qaror qabul qilinadi”, — deb aytgan Vyacheslav Pak.
O'xshash yangiliklar
bottom of page