top of page

Janubiy Koreyada firma rahbari mijozlarning pullarini o‘g‘irlab kriptoga sarmoya kiritib yuborgani oshkor bo'ldi

Kriptovalyuta

12/03/24, 06:14

Foto:Glassnode

Janubiy Koreyalik yuridik firma operatori 11-mart kuni Pusanda kripto investitsiyalariga sarflash uchun mijozlarning pullarini o‘g‘irlashda aybdor deb topilib, qamoqqa tashlandi. Bu haqda cryptonews nashri xabar beradi.


Holat bo‘yicha ushbu qilmish Pusan tuman sudi jinoiy ishlar bo‘limida ko‘rib chiqilgan. Sud 50 yoshlardagi ismi oshkor etilmagan shaxsni 20 oylik qamoq jazosiga hukm qildi.


Yuridik firma rahbari 2021-yil 27-dekabrda 170 ming dollarni o‘g‘irlagan, deya xabar beradi sud. Prokurorlarning aytishicha, firma rahbari kompaniya hisobidan ularning shaxsiy bank hisobiga pul o‘tkazgan. Ayblanuvchi o‘ziga ishonib topshirilgan pul mablag‘larini rastrata qilgan. Bir qismini kriptovalyutalarga aylantirgan.


Tuman sudi 11-jinoiy ishlar bo‘limi sudyasi Chjon Sun Yol raislik qiluvchi sudya shunday dedi: “Etkazilgan zarar miqdori katta. Va o‘g‘irlangan pullarning hech biri qaytarib olinmadi. Shu omillarni hisobga olgan holda, bu ishda qattiq jazo berishdan boshqa ilojim yo‘q”.


Kriptovalyutalar orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari Janubiy Koreyada ko‘paymoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida Janubiy Koreya politsiyasi 80 dan ortiq kriptovalyutalar firibgarligida gumon qilingan shaxslarni ushladi.


Hukumat qattiq choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.  Anonim kripto operatsiyalarni taqiqlanganligi bunga yaqqol misol.


Avvalroq, kripto firibgarlik uchun Janubiy Koreyada umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edik.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page