Janubiy Koreya milliy valyutasi P2P savdosida eng ko‘p ishlatilgan fiat valyuta bo‘ldi
kripto-aktivlar
19/04/24, 06:25
Foto:Pixabay
Joriy yilning birinchi choragida markazlashtirilgan kripto birjalarda 456 milliard dollarlik P2P kriptovalyuta savdosi hajmi Janubiy Koreya vonida sotilgan. Ushbu natija bilan P2P savdosida dominant bo‘lgan AQSH dolarini ortda qoldirdi.
Janubiy Koreya hukumati bor kuchi bilan kripto-aktivlarni tartibga solayotgan bir davrda bu fuqarolari tomonidan kripto-aktivlar bilan savdo qilishga qiziqish kuchayganligini bildiradi.
Ushbu davr mobaynida markazlashtirilgan kripto birjalarida jami P2P savdosi Koreya von qiymati hajmi 456 milliard dollarni, AQSh dollari esa 445 milliard dollarni tashkil etgan.
O‘zbekistondan farqli ravishda Janubiy Koreyada hozirda bir nechta to‘liq litsenziyalangan birjalar - Upbit, Bithumb, Coinone, Korbit va Gopax mavjud. Ular Janubiy Koreya rezidentlari tomonidan kech foydalaniladi.
Shuningdek, avvalroq Janubiy Koreyada kripto-aktivlarda firibgarlik qilganlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi mahkum etilishi haqida ma’lumot bergan edik.