Janubiy Koreya kripto-birjalari yuzlab altkoinlarni delisting qilishi mumkin
#crypto
19/06/24, 08:58
Foto: tadviser
Janubiy Koreya kripto-birjalari bu yil yuzlab altkoinlarni savdo ro‘yxatidan chiqarib, delisting qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, virtual aktivlardan foydalanuvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun Janubiy Koreyada bu yil iyul oyidan kuchga kiradi. Ushbu qonunga ko‘ra altcoinlar sotuvi boshqatdan ko‘rib chiqiladi.
Janubiy Koreya o‘z birjalarida sotiladigan likvidligi oz, unchalik mashhur bo‘lmagan altkoinlarga nisbatan keskin choralar ko‘rmoqda.
Virtual aktivlardan foydalanuvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun regulyatorlarga kripto almashinuvni nazorat qilish uchun ko‘proq vakolat berishni ko‘zda tutgan.
Unga ko‘ra hozirda Janubiy Koreyadagi kripto-birjalarda savdo qilinayotgan barcha altkoinlarni qaytadan tekshirilib chiqadi. Natijada, ko‘plab likvidligi past altcoinlar regulyatorlar tomonidan birjalarda majburiy delisting qilinishi mumkin.
Sababi, regulyatorlar altkoinlarning xavfsiz va qonuniy ekanligiga ishonch hosil qilishni xohlashadi. Altcoinlar firibgarlik va pul yuvish amaliyoti uchun ishlatilmasligi maqsad qilingan.
Janubiy Koreyada birjalardagi yuzlab altkoinlarni baholash uchun regulatorlar tomonidan maxsus guruhlar tuziladi. Ushbu tekshiruvlardan so‘ng kelajakda Janubiy Koreyada ‘’scam tokenlar’’ savdosiga chek qo‘yilishi mumkin.