top of page

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Binance o'rtasida ochiq sud majlisi o'tkazildi

#binance

3 min read

03/05/24, 10:51

Foto:Thenewscrypto

Binance kompaniyasi O'zbekiston fuqarolariga mamlakat qonunchiligida belgilangan tartibda emas, noqonuniy ravishda xizmat ko'rsatib kelmoqda.


Shu sababli regulyator Binancega nisbatan jarima to'lash haqida qaror chiqargan.


Joriy yilning 3-may sanasida jurnalistlar ishtirokida o'tgan ochiq sud jarayonida Agentlik da'vosida jarimani to'lash uchun bir oy muddat berilgan bo’lsa ham Binance uni to'lamagani keltirildi.


Shuningdek, Agentlik talablarida Binance dunyoning bir qator davlatlari jumladan: Yaponiya, Kipr, Kolumbiya, Italiya, Tailand, Salvador, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiyada litsenziya olgani kabi O'zbekistonda ham litsenziya asosida xizmat  ko’satishi va milliy qonunchiligimizga bo’ysinishi kerakligi keltirib o'tildi.


‘’Binance’’ vakili ish materiallari bilan to'liq tanishib chiqish maqsadida sudyaga iltimosnoma kiritdi.


Natijada sud ishni  keyinga qoldirishni maqul deb topib, sudya iqtisodiy protsessual kodeksi 174-moddasini qo’llab, sud ishini 17-may sanasiga qoldirish haqida ajrim chiqardi.


Eslatib o'tamiz, sudning birinchi yig'ilishi joriy yilning 26-martda bo'lib o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page