Isbotlanadigan darajada adolatli: treyding va o’yin platformalari orqasidagi shaffof texnologiya
#igaming
4 daqiqa
13/05/25, 06:13

Foto: Blockchain Texno
Onlayn treyding va i-gaming platformalari dunyosida har doim bitta savol ko’pchilikni qiynab keladi: "natijalar manipulyatsiya qilinmaganligini qanday bilsam bo'ladi?".
Aynan shu yerda foydalanuvchilarga platforma natijalarining adolatliligini, ularning rostdan tasodifiy ekanligini va manipulyatsiya qilinmaganligini mustaqil ravishda tekshirish imkonini beruvchi inqilobiy yechim - “Provably fair algorithm” (PFA), ya’ni “Isbotlanadigan darajadagi adolatli” (IDA) texnologiyalari yordamga keladi.
Isbotlanadigan darajadagi adolatli texnologiyalar o’zi nima?
Isbotlanadigan darajadagi adolatli texnologiyalar shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan yechim bo'lib, unda treyding yoki o’yin (tranzaksiya) natijasini na platforma, na foydalanuvchi o'zgartira olmasligi ta'minlanadi. Tizim savdo va o’yin natijalarini belgilab beradigan tasodifiy raqamlarni yaratish uchun kriptografik usullardan foydalanadi va bu usullar va raqamlar ixtiyoriy odam tomonidan ixtiyoriy vaqtda tekshirilishi mumkin.
Ushbu (Isbotlanadigan darajadagi) adolatli tizim uchta asosiy elementga tayanadi:
Server urug'i (server seed): platforma tomonidan yaratilgan tasodifiy qiymat
Mijoz urug'i (client seed): foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan yoki mavjud bo'lgan tasodifiy qiymat
Nons (Nonce): har bir operatsiyadan keyin qiymati ortib boruvchi raqam
Tizim qanday ishlaydi
IDA texnologiyaridan foydalanadigan treyding yoki i-gaming platformalari odatda xavfsizligi bilan mashhur bo’lgan ilg'or kriptografik hash funksiyalaridan (masalan, blake2 funksiyasidan) foydalangan holda zamonaviy IDA tizimlarini joriy qiladilar va ulardan foydalanib faoliyat yuritadilar.
Umumiy jarayon quyidagicha ishlaydi:
Tizim server urug'ini, mijoz urug'ini va nonsni birlashtiradi
Ushbu kombinatsiya kriptografik hash funktsiyasi orqali qayta ishlanadi
Olingan hash qiymat narxni aniqlaydigan tasodifiy raqamga aylantiriladi
Bu jarayon har bir yangi narx uchun takrorlanaveradi
Nima uchun bu masala o’yinchilar (i-gamerlar) va treyderlar uchun muhim hisoblanadi?
Ushbu tizim bir qator muhim afzalliklarni beradi:
Shaffoflik: foydalanuvchi har bir narx harakatini tekshirishi va uning manipulyatsiya qilinmaganligiga ishonch hosil qilishi mumkin
Adolatliligi: ushbu tizim platforma o’z natijalarini oldindan bashorat qila olmaydi va / yoki ularga ta'sir qila olmasligini ta’minlaydi
Ishonch: ushbu holatda platformaga ko'r-ko'rona ishonish shart emas – fodalanuvchi tizim adolatliligini “matematik tarzda” tekshirishingiz mumkin
Platforma adolatliligini tekshirish
Treyding va/yoki oʻyin platformalari ushbu tizim orqali adolatni taʼminlaydi :
Savdo sessiyalari boshlanishidan oldin server urug'i yaratiladi
Server sidining (urug'ining) hash qiymatini (keyinchalik uni o'zgartirmaslik uchun) ommaga ma’lum qilinadi
Foydalanuvchilarga o'zgartirishi mumkin bo'lgan mijoz sididan (urug'idan) foydalanishga ruxsat beriladi
Kriptografik algoritmlardan foydalanilgan holda, ushbu uchta qiymat (server sidi, mijoz sidi va nons) birlashtiriladi va ushbu “birlashmadan” narxlar harakatini yaratiish uchun tasodifiy qiymat yaratiladi
Tekshirish uchun sessiya tugagandan so'ng (ushbu qiymatning uning Hash qiymatiga mos kelishini tekshirishga imkon berish uchun) asl server sidi ochiladi
Tizim adolatligini qanday qilib tekshirish mumkin (soddalashtirilgan namuna)
Aytaylik, siz foydalanuvchi sifatida treydingga (“yuqoriga” yoki “pastga” degan variantlardan biriga) pul “tikdingiz”:
Treydingdan oldin server sidi hash qiymatini qayd qilasiz: 8a7d...f92e
O’zingizning mijoz sidiningizni ham qayd qilasiz: x8QB …. TRht
Savdodan so'ng platforma server sidini ochib beradi: 5e6f...8c2d
(ushbu yuqoridagi sid, ushbu platforma ishlatayotgan funksiya orqali yuqorida treydingdan oldi ko’rsatilgan server sidi hash qiymatini berishi kerak, bunda tasodifiylik yo’q: “A” sid qiymatidan dan bir marta “B” sid hash qiymati hosil bo’lsa, ayni shu narsa 100 marta qaytarilsa ham “B” qiymat hosil bo’laveradi)
Va shunga ko’ra, 5e6f...8c2d ni xeshlash (hash qiymatini topish) bizga 8a7d...f92e hosil qilishini tekshiramiz
Keyin adolatli narx ishlab chiqarishni tasdiqlash uchun ikkala sidni tekshirish funksiyasiga (masalan, SHA-256, yoki blake2a yoki blake2b funksiyasiga) kiritasiz
Xulosa
Isbotlanadigan darajada adolatli texnologiya platforma shaffofligi va uning “adolatliligini” matematik tekshirish imkoniyatlarini joriy etish orqali treyding va i-gamingda inqilob qildi.
Ushbu tizimlarni joriy qilgan platformalar shaffof treyding va i-gaming standartlarining yuqori darajasini ifodalaydi, bu esa foydalanuvchilarga tizimning adolatliligiga ko'r-ko'rona ishonch emas, balki tekshirish orqali ishonish imkonini beradi.
Ishonch muhim bo'lgan sohalarda (treyding va i-gaming sohalarida), shubhasiz, adolatli algoritmlar foydalanuvchilar har qanday narx harakatining manipulatsiyadan xoli ekanligigaishonch hosil qilishlari mumkin bo'lgan shaffof platformalari uchun chinakam asos bo'lib xizmat qiladi.
To’gridan-to’g’ri bozorda qatnashmaydiygan, asosan sintetik aktivlar bilan amalga oshirilidigan treyding faoliyati nazarda tutilayapti.