top of page

Investorlar katta miqdorda Ethereum sotib olishni boshladi

#ethereum

05/02/24, 12:31

Foto:blockchainlife

Nomalum investor Binance’dan bir necha million dollarlik ETH sotib oldi. Lookonchain platformasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 4-fevral kuni yirik investor Binance kriptovalyuta birjasi orqali 29 million dollarlik 12 600 dona Ethereum (ETH) sotib olgan.


Boshqa bir investor ham o‘tgan kuni umumiy qiymati 48 million dollar bo‘lgan 19 980 dona ETH sotib olgan edi. Eng qizig‘i bu investorlarning Ethereum sarmoyasidan boshqa hech qanday boshqa aktivlari yo‘q.


Spot Ethereum birja savdo fondi (ETF) taxminlari asosida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu yirik xaridlar mutaxassislar tomonidan ijobiy yangilik bo'lishi mumkingligi borasida talqin qilinmoqda.


CoinGecko ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ethereum 1 foizga qimmatlashgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page