top of page

Ilon Mask 2024-yil yakunigacha X (twitter) ni keng qamrovli moliyaviy platformaga aylantirmoqchi

Elon Musk

3 min read

27/10/23, 10:24

Ilon Mask X xodimlariga platformani dunyo bo`ylab moliyaviy xizmatlar taklif qiluvchi hub ga aylantirish uchun 1 yil muhlat berdi.


Pul bilan bog`liq har qanday amaliyot bizning platformada amalga oshiriladi. Men shunchaki 20$ lik tranzaksiyalar haqida gapirmayapman.


Insonlar butun moliyaviy hayotini shu platformada qurishlarini xohlayman. Bu pul, qimmmatli qog’ozlar, to`lovlar, investitsiyalar va kredit xizmatlari kabilarni o`z ichiga oladi.


Bu platforma orqali kishilarda banklarga hech qanday ehtiyoj qoldirmaymiz. Ya’ni odamlarga pul bilan bog`liq amaliyotlarda bank hisoblari kerak bo`lmaydi.


Agar biz buni keyingi yil oxirigacha boshlamasak, men aqldan ozaman”- deydi Mask payshanba kuni X xodimlari bilan bo`lib o`tgan suhbatda.


X-ni ko`p funksiyali moliyaviy xizmatlar platformasiga aylantirish orqali milliarder "universal ilova" yaratishni rejalashtirmoqda.


Unga ko`ra, platforma Xitoydagi WeChat kabi do'konlar, transport va boshqa xizmatlarga kirishni taklif qiluvchi super ilovaga aylanadi.


Biroq, Mask u darajaga yetishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi.


Birinchi masala odamlarni nima uchun bunday platformaga muhtoj ekaniga ishontirish bo`lsa, ikkinchisi ularni X ga butun moliyaviy hayotlarini ishonib topshirishga undash.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page