Halving Bitcoin narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda?
halving
19/04/24, 09:12

Foto: Tether X sahifasi
Bir necha soat ichida sodir bo‘lishi kutilayotgan Bitcoinning to‘rtinchi halbvingidan so‘ng, kunlik ishlab chiqarilgan Bitcoin ta’minoti ikki baravar kamayadi.
Deutsche Bank tahlilchilarining fikricha, halvingning ta’siri bozorda allaqachon sezilgan va halvingdan so‘ng narxlarning o‘sish ehtimoli kam.
Shunga qaramay, bank bozordagi ijobiy tendensiya davom etishini kutayotganligini bayon qilishgan va "Biz kelajakda spot Ethereum ETFlarining ma’qullanishi, markaziy banklarning foiz stavkalarini kamaytirishini kutish va huquqiy o‘zgarishlar tufayli narxlar yuqori bo‘lishini kutmoqdamiz.”. deb bayonot bergan Deutsche Bank.
Deutsche Bank o‘z hisobotida, shuningdek, Layer 2 va markazlashmagan moliya (DeFi)dagi ishlanmalar Bitcoin va umuman kripto-aktiv ekotizimiga ham foydali ekanligini ta’kidlab o‘tgan.