top of page

Governance va Utility tokenlar: farqi nimada?

Kriptopediya

5 daqiqa

14/10/25, 16:33

Foto: AI

Governance tokenlar nima


Governance tokenlar blokcheyn loyihasining rivojlanishiga ta’sir qilish huquqini beradigan raqamli aktivlar bo'lib, ularning egalari ovoz berishlarda qatnashib, protokol qanday o‘zgarishini, loyiha g‘aznasidagi mablag‘lar qayerga yo‘naltirilishini yoki qanday yangi funksiyalar qo‘shilishini hal qilishi mumkin.


Misollar:


  • Uniswap (UNI) tizimida token egalari yangi likvidlik hovuzlarini qo‘shish masalasida ovoz beradi.


  • MakerDAO (MKR) foydalanuvchilari DAI kredit tizimining parametrlarini belgilashda ovoz beradi.


Governance tokenlar markazlashmagan boshqaruv vositasidir. Ular hamjamiyatni ekotizimning “ega”siga aylantirib, markazlashtirilgan nazoratni kamaytiradi.


Utility tokenlar nima


Utility tokenlar (inglizcha utility, ya'ni “foyda”, “funksiya”) — loyiha xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan tokenlar. Ular ovoz berish huquqini bermaydi, lekin mahsulotdan foydalanish yoki bonus olish imkonini beradi.


Misollar:


  • BNB Chain ekotizimida BNB tokeni tranzaksiya komissiyalarini to‘lash uchun ishlatiladi.


  • Axie Infinity kabi o‘yinlarda AXS yoki SLP tokenlari janglarda qatnashish va mukofot olish uchun kerak bo‘ladi.


Utility tokenlar ekotizimning “yoqilg‘i”sidir. Ularning qiymati loyiha foydaliligi va xizmatlariga bo‘lgan talabga bog‘liq. Token bir vaqtning o‘zida governance ham, utility ham bo‘lishi mumkinmi?


Ha, bunday holatlar ko‘p. Masalan, APE (ApeCoin) Yuga Labs ekotizimida ham ovoz berish, ham kontentga kirish uchun ishlatiladi. Bunday gibrid tokenlar iqtisodiy va boshqaruv motivatsiyasini birlashtirishga yordam beradi.


Nega o'zi ular o'rtasidagi farqni tushunish muhim


Investor uchun bu farq asosiy ahamiyatga ega:


  • Governance token — boshqaruvda uzoq muddatli ishtirok.


  • Utility token — xizmatdan foydalanish vositasi.


Token turini noto‘g‘ri baholash uning potensiali va xatarlarini tushunishda xatolikka olib keladi.


Xulosa


Governance tokenlar boshqaruv qudrati, utility tokenlar amaliy foydadir. Birinchisi loyihani boshqarish uchun, ikkinchisi undan foydalanish uchun kerak. Ularning farqini bilish nafaqat narxni, balki loyihaning haqiqiy qiymatini ham ko‘rsatadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page