Gonkong yuanga bog‘langan kriptovalyutani chiqarmoqchi
stablecoin
09/02/24, 09:51

iStock
Gonkong Bosh Savdo Palatasi (HKGCC) hukumatni Xitoy yuaniga bog‘langan yoki Gonkong dollari kabi bir qator valyutalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan stablecoin chiqarishga ruxsat so‘rab tegishli organga ariza bilan murojaat qildi.
HKGCC hukumatga kuniga 20 milliard Gonkong dollari (2,5 milliard dollar) yuqori chegaraga ega bo‘lgan "Virtual aktivlarni bog‘lash" loyihasini ham ko‘rib chiqishni taklif qildi. Biroq, ushbu loyihaning tafsilotlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
HKGCC matbuotga bergan xabariga ko‘ra: "Taklifning asosiy nuqtalaridan biri zamoniy investorlarni bu yerga jalb qilishdir. Bu Gonkongdagi umumiy ish muhitini yaxshilash va jiddiy ishchi kuchi etishmasligini kamaytirish uchun juda muhimdir." deb aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gonkong markaziy banki dekabr oyida "Gonkongdagi bir yoki bir nechta valyutalari tomonidan qo ‘llab-quvvatlanadigan stablecoin chiqaradigan" tashkilotlar litsenziyalanishi kerak deb bayonot bergan edi.