top of page

Gondurasda banklarga kripto valyuta saqlash va operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlandi

kriptovalyuta

17/02/24, 08:59

Foto: inrrub.com

Gonduras milliy bank va qimmatli qog‘ozlar komissiyasi (CNBS) mamlakat moliya institutlariga kriptovalyuta bilan ishlashni taqiqlovchi qaror chiqardi.


Qarorda aytilishicha, ularning tartibga solinmagan tabiati tufayli kripto-aktivlar firibgarlik, pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun CNBS quyidagi qarorni qabul qilganini bildirgan:


"Milliy bank va qimmatli qog‘ozlar komissiyasi tomonidan tartibga solinadigan institutlarga kriptovalyutalar, kriptoaktivlar, virtual valyutalar, tokenlar yoki boshqa shunga o‘xshash virtual aktivlarni saqlash, ularga sarmoya kiritish, brokerlik qilish yoki faoliyat yuritish taqiqlanishi kerak."


Nazorat ostidagi tashkilotlarga kriptoaktivlar asosidagi boshqa vositalarga egalik qilish ham taqiqlanadi. Qaror kripto-aktivlar keltirib chiqaradigan xavflarni moliyaviy ta’lim dasturlariga kiritishni talab qildi.


Ma’lumot uchun, Gondurasda kripto birjalari erkin faoliyat olib boradi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page